Kuvayt elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston 15:11 / 12.09.2024 894

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kuvayt elchisi Ahmad Xolid Al-Jiranni qabul qildi.

"Kuvaytning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Al-Jiran janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – O‘zbekiston va Kuvayt rishtalari har bir yo‘nalishda o‘sish sur’atini namoyon etmoqda. Biz janob elchiga o‘z faoliyati davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz".

Ahmad Xolid Al-Jiran 2015 yil dekabr oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga Kuvaytning mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: