Isroil Rafahda HAMAS brigadasi tor-mor etilganini e’lon qildi

Jahon 23:20 / 12.09.2024 4746

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida joylashgan HAMAS brigadasini tor-mor etdi va uning 2308 nafar jangchisini yo‘q qildi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.

«Rafah brigadasi mag‘lub etildi. Uning to‘rtta batalyoni yo‘q qilindi va biz shahar hududini nazorat qilish operatsiyasini yakunladik», dedi general Itsik Koen jurnalistlarga.

Uning qayd etishicha, harbiy muhandislar bir-biriga bog‘langan 203 ta yer osti tunnelini ham aniqlagan. Ular Misrdan Filadelfiya koridori - G‘azo sektorining Misr bilan chegara chizig‘i orqali Rafahgacha cho‘zilgan. Generalning qayd etishicha, harbiylar o‘tish yo‘laklarining ko‘pini vayron qilgan. TsAHAL shuningdek, Misr chegarasi ostidan o‘tgan to‘qqizta yo‘lakni aniqladi, ammo ular allaqachon ko‘milib ketgan edi.

TsAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS birinchi navbatda Filadelfiya koridoridagi tunnellardan qurol olib o‘tish uchun emas, balki uzoq masofaga uchuvchi raketalarni saqlash uchun foydalangan. HAMAS Misr chegarasiga yaqin joylarda raketalarni atayin o‘rnatgan, chunki Isroil misrliklarga jarohat yetmasligi uchun bu joylarga zarba bermasligini bilgan.

Shu bilan birga, TsAHAL fikricha, HAMAS qurol-yarog‘ining katta qismini yer osti tunnellari orqali emas, balki Rafah nazorat punkti orqali olgan.

Ko‘proq yangiliklar: