Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston 16:26 / 08.09.2024 11142

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 8 sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Qozog‘iston poytaxtida davlat rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YuNeSKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: