Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar muammolari bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti Rossiyada ilk bor «KUB-M» mobil boshpanalarini seriyali ishlab chiqarish boshlanganini ma’lum qildi. Ishlab chiqarish Nijyegorod oblasti Dzerjinsk shahrida yo‘lga qo‘yilgan.
Tashkilot xabarida aytilishicha, boshpana «fuqarolarni turli tahdidlar, jumladan, tabiiy ofat va texnogen hodisalardan himoya qilishni ta’minlaydi».
Boshpanani yaratganlar 2023 yil dekabrda «KUB-M» «yadro portlashining havo zarbasi to‘lqini va yorug‘lik nurlanishidan 48 soat davomida himoya qilishi»ni ma’lum qilgandi. Shuningdek, u hududga kiruvchi radiatsiya va radioaktiv ifloslanishdan, xavfli kimyoviy moddalar va yong‘inlar himoyalaydi.
Mobil boshpananing standart jamlanmasi ikkita moduldan iborat: 54 kishiga mo‘ljallangan xona va texnik blok. Uning maydonini qo‘shimcha modullar hisobiga kengaytirish mumkin. Ta’kidlanishicha, mazkur boshpanalarni oson tashish va mavjud muhandislik tizimlariga ulash mumkin.