Dollar qadrsizlandi, neft narxi keskin arzonlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Iqtisodiyot 13:51 / 08.09.2024 7652

Sentyabr oyining dastlabki haftasida AQSh iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan mehnat statistikasi ma’lumotlari e’lon qilindi. Qayd etilishicha, mamlakatda jami 7 mln 673 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan, bu prognoz (8 mln 90 ming) va avvalgi ko‘rsatkichdan (7 mln 910 ming) sezilarli past. Juma kuni e’lon qilingan AQSh ishsizlik darajasi hisoboti shuni ko‘rsatdiki, avgust oyida bu ko‘rsatkich 4,2 foizni tashkil etgan, bu prognoz qilingan raqam bilan bir xil bo‘lib, undan avvalgi oyga nisbatan 0,1 foizga qisqargan. Bu ma’lumotlar Federal zaxira tizmining (FZT) asosiy foiz stavkasini belgilashdagi rejalariga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 2 sentabrdan 6 sentabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5408 (hafta boshidan -4,25 foiz, yil boshidan +13,39 foiz);
  • NASDAQ – 16690 (hafta boshidan -5,77 foiz, yil boshidan +11,19 foiz);
  • DJI – 40345 (hafta boshidan -2,93 foiz, yil boshidan +7,05

foiz).

Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 218 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravishda 1023 va 240 punktga pasaydi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2497 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,24 foiz, yil boshidan +21,06 foiz;
  • Kumush – 27,9 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -3,23 foiz, yil boshidan +17,44 foiz.

Qimmatbaho metallar ham ketma-ket korreksiyalar seriyasini davom ettiryapti. Hafta davomida oltin 5,89 dollarga, kumush 93 sentga arzonlashdi.

Neft

  • WTI – 68,08 dollar (hafta boshidan -7,48 foiz, yil boshidan -4,5 foiz);
  • BRENT – 71,47 dollar (hafta boshidan -7,17 foiz, yil boshidan -7,23 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 5,5 dollarga, BRENT esa 5,52 dollarga arzonlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR: +0,33 foiz (yil boshidan +0,41 foiz);
  • CNY/USD: -0,03 foiz (yil boshidan -0,14 foiz);
  • TRY/USD: -0,35 foiz (yil boshidan +15,2 foiz);
  • UZS/USD: +0,56 foiz (yil boshidan +3,21 foiz);
  • RUB/USD: -0,34 foiz (yil boshidan +1,12 foiz).

Hafta savdolarida yevro va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 0,33 foiz va 0,03 foizga, lira va rubl 0,35 foiz va 0,34 foizga o‘sdi, biroq so‘m 0,56 foizga pasaydi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 54205 dollor (hafta boshidan -5,5 foiz, yil boshidan +27,81 foiz);
  • Ethereum – 2226 dollor (hafta boshidan -8,32 foiz, yil boshidan -2,48 foiz).

Asosiy kriptolar AQSh prezidentlik saylovlari va yangi makroiqtisodiy ma’lumotlar e’lon qilinishi fonida pasaydi. Bitcoin 5 kunlik savdolarda 5,5 foizga, Ethereum esa 8,3 foizga tushdi.

Bozorlar haqida qisqacha

Avgust oyida FZT amaldorlari va uning raisi Jyerom Povel rasman joriy monetar yo‘nalishi yakuniga yetib qolgani va yaqinda siyosatni qayta ko‘rib chiqishi haqidagi aytgandi. Shundan so‘ng, investorlarda sentabrda birinchi pasaytirish amalga oshirilishi mumkinligi haqida ishonch paydo bo‘ldi. Bu avgust oyi boshida sodir bo‘lgan keskin korreksiyadan keyin moliya bozorlarida navbatma navbat pozitiv ma’lumotlar va nisbatan yaxshi ba’zi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali muvozanatni tiklashga yordam berdi. Biroq, bozordagi boshqa keskin burilishlar, masalan Nvidia hisoboti ortidan tebranishlar (ya’ni investorlar kutganidan past daromad), moliya bozorlari kutilmagan voqealarga boy joyligini yana bir bor isbotladi. Kelgusi hafta inflatsiya ma’lumotlari e’lon qilingach, investorlarning nigohi yana Jyerom Povelga qaratilgan bo‘ladi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 2 sentabrdan 6 sentabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

Ko‘proq yangiliklar: