Xitoy Farg‘onada mis kabellari ishlab chiqarishi kutilmoqda

O‘zbekiston 07:41 / 07.09.2024 1575

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Xitoyning qurilish, energetika sohasi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi Xinjiang Bai Yi Da Construction Investment Co.,Ltd kompaniyasining vakillarini qabul qildi.

Xitoylik investorlar bilan avvalgi uchrashuvda qurilish, energetika, issiqlik, suv ta’minoti va isitish tizimlari bo‘yicha Farg‘onada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar xususida taqdimotlar o‘tkazilgandi. Muloqotda energetika sohasidagi yangi loyihalarni boshlash masalasi muhokama etildi.

Xitoylik investorlarning misni qayta ishlash va mis kabellarini ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatlashini, buning uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan sanoat zonalari borligini bildirdi.

Xitoylik ishbilarmonlar uchrashuvda viloyat investitsion salohiyati bilan tanishib, bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidlashdi. Dastlabki bosqichda 40 mln dollarlik energetika sohasida yirik loyiha - mis kabellarini ishlab chiqarishni tashkil etishni ma’lum qildilar. Loyiha natijasida yiliga 100 ming tonna mis qayta ishlanadi, ichki ehtiyoj qoplanadi, mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi. 500 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Viloyat hokimi mazkur loyihani amalga oshirish uchun investorlarga zarur ko‘mak berilishini aytib, dastlabki jarayonni boshlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: