Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi

O‘zbekiston 07:29 / 07.09.2024 42783

O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov muddatlari belgilandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ko‘ra, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024 yil 15 sentabrgacha yoki O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha amalga oshirishi kerak.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024 yil 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha belgilandi.

To‘lov miqdorining kamida 50 foizini 2025 yil 1 yanvargacha, 75 foizini 2025 yil 1 martgacha va 100 foizini 2025 yil 1 maygacha yoki OTM rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to‘lash lozim.

Vazirlikning bildirishicha, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

Ko‘proq yangiliklar: