Paralimpiya-2024. Nurxon Qurbonova O‘zbekistonga 10-oltin medalni olib keldi!

Sport 14:37 / 07.09.2024 15273

Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda yurtimiz sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiyamiz hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, F54 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning o‘ziga tegishli edi. Hamyurtimiz joriy yil Yaponiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 20.73 metr natija bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston jami 24ta medal – 10ta oltin, 8ta kumush va 6ta bronza bilan umumjamoa hisobida 11-o‘ringa ko‘tarildi.

Ko‘proq yangiliklar: