Britaniyada chaqaloqlar va yosh bolalarning ommaviy qabri topildi

Jahon 20:23 / 07.09.2024 5897

Angliyaning Katta Manchester hududida asosan chaqaloqlar va yosh bolalarning 300 dan ortiq jasadi ko‘milgan qabriston topildi. Jasadlarning aksariyati o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlarga tegishli, deb yozdi The Times.

Nashrning qayd etishicha, bunday qabristonlar butun mamlakat bo‘ylab 1980 yillargacha tashkil qilingan. Shu vaqtgacha o‘lik tug‘ilgan bolalarning dafn marosimini tashkil qilish uchun shifoxonalar mas’ul edi. Sands xayriya tashkilotiga ko‘ra, bunday bolalar ommaviy qabrlarga dafn etilgan. Lankashir, Devon, Midlsbro va Haddersfildda o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlarning qoldiqlari bo‘lgan ommaviy qabrlar allaqachon topilgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Oldhem qabristonidan 303 ta jasad topilgan, ulardan 146 nafari o‘lik tug‘ilgan chaqaloq, 128 nafari chaqaloq va yosh bolalar, 29 nafari kattalar. Ochiq manbalarda faqat 147 ta nom mavjud edi.

Ushbu qabriston mahalliy aholidan biri 1962 yilda vafot etgan egizak akalarini topishga urinib, shahar kengashiga murojaat qilganidan keyin topildi. Ulardan biri o‘lik tug‘ilgan, ikkinchisi tug‘ilgandan besh soat o‘tib vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: