Rossiyada qariyb 50 million so‘m maoshini ololmayotgan o‘zbekistonliklarning ish haqi undirib berildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakili aralashuvi bilan Chelyabinskda joylashgan qurilish korxonasida ishlab kelayotgan yurtdoshlarning ish beruvchi tomonidan berilmayotgan 340 ming rubl (salkam 50 mln so‘m) oylik maoshi undirib berildi.
“Biz uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qurilish firmasida oylik maoshimizni ololmaganimiz sababli Yekaterinburg shahridagi migratsiya agentlariga murojaat qilgandik. Ular o‘rganib, ish haqimizni undirib berdi”, deydi fuqaro.