Olaf Shols O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 17:16 / 06.09.2024 6710

Germaniya kansleri Olaf Shols 15–17 sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Hebeshtrayt ma’lum qildi.

Bu Sholsning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi bo‘ladi va unga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida «katta biznes delegatsiyasi» hamrohlik qiladi.

Shols O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, 17 sentabr kuni Qozog‘istonda o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo-Germaniya» (5+1) ikkinchi sammitida ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: