Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviaqatnovlarni tiklashi mumkin. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, transport vaziri Ilhom Mahkamov Germaniya elchisi Manfred Huterer bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli rejalarni muhokama qilgan. Jumladan, Lufthansa aviakompaniyasining O‘zbekistonga qatnovlarni tezda tiklashiga umid bildirgan.
Lufthansa dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri hisoblanadi. U 1993 yildan 2001 yilgacha Toshkentga aviaqatnovlarni bajargan. So‘ngra, 2010 yilda yo‘nalishni bir muddat tiklab, yo‘lovchi oqimi pastligi tufayli yana yopgan edi.