AQSh IT-kompaniyalarini Rossiyadagi internet senzurani chetlab o‘tishga yordam berishga chaqirdi

Jahon 22:36 / 06.09.2024 1730

Oq uy Amerikaning yetakchi texnologiya kompaniyalariga Rossiya, Eron va boshqa mamlakatlarda AQSh homiylik qiladigan VPN xizmatlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab murojaat yo‘lladi. Bu haqda Open Technology Fund (OTF) kompaniyasi prezidenti Lora Kanningemga tayanib Reuters xabar berdi.

«So‘nggi bir necha yil ichida biz VPN xizmatlarga, asosan, Rossiya va Erondagi foydalanuvchilar tomonidan talab keskin oshganini ko‘rdik. O‘n yil davomida biz oylik 9 millionga yaqin VPN foydalanuvchilarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatladik, hozir esa bu raqam to‘rt barobar oshdi», dedi Kanningem.

Uning ta’kidlashicha, har oy 46 millionga yaqin odam AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan VPN xizmatlaridan foydalanadi. Shu bilan birga, budjetning muhim qismi xususiy sektor serverlarida Internet-trafikni joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarga sarflanadi.

Qayd qilinishicha, Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng, AQSh rasmiylari allaqachon OTF tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan VPN xizmatlari uchun sarflanadigan mablag‘ni oshirdi, biroq tashkilot talab ortib borayotganligi sababli hali ham muammolarga duch kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: