O‘zbekiston yo‘l qurilishi sohasida Xitoy bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 14:09 / 05.09.2024 2305

Ushbu stendda so‘nggi 7 yil ichida transport sohasida, yo‘l qurilishi, infrastrukturani yangilash yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, "O‘zbekiston transport sohasida rivoji va imkoniyatlari" mavzusida taqdimot tashkil etildi.

Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar bilan O‘zbekistonda yo‘l qurilishi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va joylardagi holat bilan yaqindan tanishish maqsadida mamlakatga safarlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Xitoy tomoni joriy yilda "O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy" yangi temiryo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha mamlakatlar rahbarlari sa’y- harakatlarini yuqori baholab, ushbu temiryo‘l loyihasi amalga oshgach, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi yanada oshishini ta’kidladilar.

Ko‘proq yangiliklar: