O‘zbekiston va KXDR o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

O‘zbekiston 17:14 / 05.09.2024 5676

5 sentabr kuni O‘zbekiston va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida futbol bo‘yicha JCh-2026 saralashi 3-bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar qildi.

Ko‘cha va chorrahalar:

  • Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Cheklov 17:00 dan soat 23:00 gacha davom etadi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi YHXB xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: