Ruminiyalik deputatlar Patriot tizimini Ukrainaga berishni ma’qulladi

Jahon 14:10 / 04.09.2024 2108

Ruminiya parlamentining quyi palatasi 3 sentabr, seshanba kuni Patriot zenit-raketa kompleksini Ukrainaga beg‘araz topshirishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi. «Prezident Klaus Yoxannis qonunni imzolashi bilanoq hukumat topshirish to‘g‘risida buyruq chiqaradi», — deyiladi bayonotda. Ruminiya hukumati bir kun avval Patriot ZRKni Ukrainaga o‘tkazishni ma’qulladi va qarorni tasdiqlash uchun parlament quyi palatasiga taqdim etdi

Iyun oyida Buxarest Ukrainaga ikkita Patriot tizimidan birini ittifoqchilar uni keyinchalik xuddi shunday havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi bilan almashtirishi sharti bilan berishini ma’lum qildi. Umuman olganda, o‘zini Rossiyadan himoya qilayotgan mamlakatga NATOga a’zo mamlakatlardan beshta strategik havo mudofaa tizimi va’da qilingan. Bu haqda iyul oyida NATOning Vashingtondagi sammitida kelishuvga erishilgan edi. Uchta Patriot ZRK Germaniya tomonidan Ukrainaga topshirildi, va’da qilingan jarayonning oxirgisi 21 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. 

Rossiya hujumlari fonida NATO Ukrainaga yordamni oshirmoqda 

Rossiyaning Ukraina hududiga qilgan ommaviy hujumlaridan so‘ng Shimoliy Atlantika alyansi Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga tayyor. Bu haqda 28 avgust kuni NATO-Ukraina kengashi yig‘ilishidan so‘ng uning bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.

«Ittifoqchilar Ukrainaga harbiy yordamni oshirayotganini tasdiqladilar, - dedi u. - Ukrainani Rossiyadan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va o‘q-dorilar bilan ta’minlashda davom etishimiz kerak». Shu bilan birga, alyans rahbari Kiyevga harbiy yuklarni ko‘paytirish mamlakat mudofaasini ta’minlashning asosiy sharti ekanini ta’kidladi.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO-Ukraina kengashi yig‘ilishida jang maydonidagi voqealar va Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari muhokama qilingan. Alyans a’zolari Rossiyaning Ukraina tinch aholisi va infratuzilmalariga qarshi havo hujumlari kuchayganini keskin qoraladi.

Ko‘proq yangiliklar: