Toshkent, O‘zbekiston — 16 noyabr — avvallari “Uzbekneftegaz” brendi ostida ishlagan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i CARVON deb qayta nomlanadi. Rebrending tarmoqqa yanada taniqliroq, zamonaviyroq va yorqinroq bo‘lish imkonini beradi va yangi xaridorlarni jalb qilishda yordam beradi.
2024 yil mart oyida “Petroleum Technology Group” kompaniyasi UNG avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining sohibi bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi.
Reneyming va rebrending jarayoni bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Kelgusida mavjud AYoQShlarni rekonstruksiya qilib, yangilarini qurish rejalashtirilgan. CARVON tarmog‘i dizel yonilg‘isi hamda Ai-80, Ai-92, Ai-95 va Ai-98/100 markali benzin sotib, bozorning barcha segmentini qamrab olish an’anasini davom ettiradi.
Yangilanish yo‘lida
Nom o‘zgarilishi bilan birga kompaniyani O‘zbekiston yonilg‘i bozorining yetkazib beruvchilari ichida yetakchiga aylanishiga va yana ko‘plab o‘zgarishlar kutmoqda. Kompaniya sotib olingandan buyon, unda xalqaro boshqaruv standartlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda:
● sotilayotgan mahsulot va xizmat sifatining tashqi va ichki monitoringini amalga oshiruvchi bo‘linma qayta tashkil etildi;
● to‘liq siklli avtomatlashuv dasturiy majmuasini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi;
● yagona dasturiy majmuani amalga oshirish doirasida o‘lchov va metrologik qurilmalar bilan to‘liq ta’minlash yo‘li orqali rezervuar parkining moddiy-texnik holati optimallashtirilmoqda;
● yakuniy iste’molchiga sotilayotgan yonilg‘i sifati va miqdori ustidan nazorat kuchaytirildi;
● xodimlarni qayta attestatsiyalash, o‘qitish va malakasini oshirish o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, kompaniya texnik audit taomilini joriy etdi, uning yakunlari bo‘yicha tarmoqni texnik qayta jihozlash reja-grafigi tuziladi va tegishli jarayon joriy etiladi.
Kelajakka rejalar
Bugungi kunda kompaniya motor yonilg‘isining ishlab chiqarishdan to saqlash va yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo‘lgan butun harakatlanish bosqichlarini nazorat qiladi. Biznes-jarayonlarni, jumladan AYoQSh monitoringi va nazorati avtomatlashgan tizimlari tufayli, avtomatlashtirish ustida ish olib borilmoqda.
CARVON AYoQSh tarmog‘i milliy operatorini rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlar – zamonaviy ekologik texnlogiyalarni joriy etish orqali sifat va energiya samaradorligining yuqori standartlarini joriy etishdir. Bu yo‘nalishlar kompaniyaning atrof-muhit haqida qayg‘urish global tendensiyasiga urg‘u bergan holda davr talabiga muvofiq kelishga intilishlarini o‘zida aks ettiradi. Mahsulot harakatlanishining har bir lahzasida – neft bazasiga kelib tushgandan to AYoQShdagi yonilg‘i rezervuariga quyilguniga qadar, kompaniya ham jalb qilingan ekspert kompaniyalari (SGS) yordamida, ham mahalliy laboratoriyalar yordamida yetkazib berilayotgan yonilg‘i sifatini muntazam nazorat qiladi. CARVON tarmog‘ida sotilayotgan Ai-92, Ai-95 va Ai-100 markasidagi benzin K4/K5 ekologik standartlarga muvofiq keladi.
Kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyati
CARVON milliy operatori – eng sharqiy nuqtalardan to eng g‘arbiy nuqtalargacha – O‘zbekistonning butun hududida mavjud brend. Aynan shu sababli, yangilangan konsepsiya “Ipak yo‘li vohalari” g‘oyasiga asoslanadi, ya’ni har bir AYoQSh – bu to‘xtash, dam olish va yo‘lda davom etish mumkin bo‘lgan vohadir. Tarmoq shiori sifatida “Follow the CARVON” tanlangani bejiz emas: CARVON’ga ergashib, iste’molchi “karvon bilan” o‘z maqsadi sari harakatlanadi va yo‘l davomida himoya hamda maqsadga erishishga ishonch uni tark etmaydi. Kompaniya xaridorlarning asosiy istaklarini ro‘yobga chiqarishga intiladi: ko‘zlangan manzilga, jumladan, sifatli yonilg‘i tufayli yetib olish. Qiyinchiliklarga qaramay, oldinga yuradigan va ardoqli maqsadiga erishadigan karvondek, CARVON ham, zamonaviy rivojlangan logistik tizimi tufayli, yonilg‘ini neft bazalaridan AYoQShlargacha o‘z vaqtida yetkazadi va xaridorlarni hamyonbop narxda sifatli mahsulot bilan ta’minlaydi.
Kompaniya sifat nazorati bo‘yicha davlat organlari, jumladan O‘zbekiston ilmiy sinovlar va sifat nazorati markazi, Davlat ekologik ekspertiza markazi, O‘zbekiston milliy meterologiya instituti, “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” DUK va boshqalar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
Yirik ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya o‘laroq, CARVON e’lon qilgan missiyasining murakkabligini anglab yetadi, lekin o‘z xaridorlari uchun birinchi navbatda sifatli va hamyonbop yonilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha zimmasiga majburiyat olishga qodir ishonchli hamkor ekanini ham tushunadi.
Kompaniyaning ishonchi komil: iste’molchilar uning yuqori sifat standartlariga intilishini tushunadilar va aynan hammaboplik va mahsulotning barqaror sifati yangi mijozlar jalb qilish imkonini beradi, jarayonlar avtomatlashuvi esa, doimiy xaridorlarni unutishga yo‘l qo‘ymaydi. Xaridorlarni sadoqatlilik dasturining joriy etilishi kutmoqda, u qatnashchilarga qo‘shimcha imtiyozlar beradi.
Qo‘shimcha sifat nazorati maqsadlarida xaridorlarni kunu-tun qo‘llab-quvvatlash xizmati joriy etiladi.
Sayt: www.carvon.uz
Reklama