Ukrainada 365 ta ta’lim muassasasi butunlay vayron bo‘ldi

Jahon 12:44 / 03.09.2024 1920

Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari natijasida hozirda 3798 ta ta’lim muassasasi o‘q otish va bombardimonlardan zarar ko‘rgan, ulardan 365 tasi butunlay vayron qilingan. Bu haqda Ukrainada o‘quv yilining birinchi kuni, dushanba, 2 sentabrda Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya «u yerda bolalar bo‘lishi mumkinligini bilsa-da, ta’lim muassasalarini: bolalar bog‘chalari, maktablar, universitetlarni ataylab nishonga olmoqda».

Ukraina ombudsmanining ta’kidlashicha, butun dunyo bo‘ylab talabalar ta’lim olayotgan bir paytda ukrainalik bolalar boshpanalarda qolishda va masofadan turib o‘qishga majbur. «Bunga dunyo yana qachongacha ko‘z yumadi?! Qachongacha jinoyatchilar bolalarning ta’lim olish huquqlarini poymol qiladi?! Dushmanni to‘xtatishimiz kerak!» - deya Lubinets g‘arb davlatlari hukumatlariga murojaat qildi.

Ukraina: safarbarlik qurolli kuchlarga chaqiruvni 2,5 barobar oshirdi 

Ukraina mudofaa vazirligi safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonun tufayli Ukraina qurolli kuchlari zaxiralarining sezilarli o‘sishini qayd etdi: harbiy xizmatga majbur bo‘lganlarni chaqirish ko‘rsatkichlari birinchi chorakka nisbatan 2,5 barobar oshdi, Bu haqda 30 avgust kuni Ukraina mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Ukrainaning «Telegraf» nashri xabar berdi.

«Ukrainaning 2024 yil 11 apreldagi 3633-IX-sonli qonunining kuchga kirishi bizga safarbarlik davrida harbiy xizmatga majbur bo‘lganlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish darajasini joriy yilning birinchi choragiga nisbatan 2,5 barobar oshirish imkonini berdi. Umuman olganda, bu ushbu bosqichda harbiy qismlarni o‘z vaqtida to‘ldirish, ularning jangovar qobiliyatini tiklash va zarur zaxiralarni yaratish imkonini yaratadi», — deb xabar qildi vazirlik «Telegraf» nashriga.

Bugungi kunga kelib, safarbarlikni kuchaytirish rejalashtirilmagan. Matbuot xizmati xabarida aytilishicha, agar harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan jangchilar yetarli miqdorda bo‘lsa va chaqiruv muvaffaqiyatli o‘tsa, harbiy rahbarlik baribir rotatsiya va demobilizatsiya, ya’ni harbiy holat davrida ayrim toifadagi harbiy xizmatchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar tayyorlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: