Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi

O‘zbekiston 07:27 / 02.09.2024 6610

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni qonun hujjatlariga xususiy mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha yangilangan Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni imzoladi.

Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Uy-joy kodeksida «hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq bo‘lmagan holda o‘z uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas» deb belgilandi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘z uy-joyidan mahrum bo‘lgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldindan va teng miqdorda qoplanishi ta’minlanadi.

Uy-joy kodeksida uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, qayta qurish yoki buzish shaharsozlik qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi belgilanmoqda. Ilgari bunday harakatlarga hokimliklarning tegishli ruxsati mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Shaharsozlik kodeksiga zilzilabardosh hududlarda bino va inshootlarni loyihalash va qurishda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlovchi yangi norma kiritilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: