AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishishda qat’iy ekanini bildirdi

Jahon 15:59 / 02.09.2024 1762

Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoridagi mahbuslarni ozod qilish imkonini beradigan otashkesimga erishish tarafdori.

Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Galant bilan telefon suhbatida ma’lum qildi.

Ostin X ijtimoiy tarmog‘ida Galant bilan G‘azo janubidagi Rafah shahrida o‘lik holda topilgan 23 yoshli AQSh fuqarosi Xersh Goldberg-Polin va yana besh asir bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilganini yozgan. 

AQSh mudofaa vazirligi rahbari halok bo‘lgan asirlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildirdi. 

Ostinning ta’kidlashicha, u va Gallant barcha asirlar ozod etilishini ta’minlash, imkon qadar tezroq o‘t ochishni to‘xtatishda qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Avvalroq Isroil armiyasi Rafah shahridagi tunnellardan birida olti nafar isroillik asirning jasadi topilgani haqida xabar bergan edi.

G‘azo sektorida ushlab turilgan isroillik asirlarning oilalari tomonidan yaratilgan platformada ular o‘limida bosh vazir Binyamin Netanyahu ayblangan. Ularning so‘zlarga ko‘ra, bosh vazir «G‘azo-Misr chegarasidagi Filadelfiya yo‘lagini bosib olishni davom ettirishni talab qilgan va shu tariqa asirlarni almashtirish kelishuviga putur yetkazgan».

Ko‘proq yangiliklar: