Paralimpiada-2024. O‘zbekiston birinchi kunni 2 ta medal bilan yakunladi

Sport 00:09 / 30.08.2024 11508

Parij Paralimpiadasining birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Para suzishda S13 klassida 100 metrga batterflay usulida Muslima Odilova (1:05.43) marraga uchinchi bo‘lib yetib kelib, dastlabki medalni — bronzani taqdim etdi. E’tiborlisi, Odilova bungacha Rio-2016da ham sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Para taekvondoda esa -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova finalda perulik Leonar Anjyelika Espinoza Karransaga 4:10 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ziyoda final yo‘lida tailandlik va neytral maqomdagi raqiblarini mag‘lub etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: