“Armaniston tinchlikdan manfaatdor emas va ataylab vaqtni cho‘zmoqda” - Ilhom Aliyev

Jahon 18:56 / 30.08.2024 3468

“Armaniston Ozarboyjon bilan tinchlik kelishuvlari tuzilishidan manfaatdor emas, shu sababli ataylab vaqtni cho‘zmoqda”, — degan Ilhom Aliyev Ozarboyjon-Turkiya parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Shamio Ayrim boshliq Turkiya Buyuk millat majlisi delegatsiyasi a’zolari bilan Bokudagi uchrashuvda.

Ozarboyjon prezidentiga ko‘ra, Armaniston sulh imzolash uchun vaqtni ataylab cho‘zmoqda, Fransiya va boshqa g‘arb davlatlaridan yangi qurol-yarog‘lar xarid qilmoqda, uchinchi davlatlar bilan o‘z hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

“Ko‘rinishidan, Armaniston sulh kelishuvi va mintaqadagi doimiy tinchlikdan manfaatdor emas”, — degan Aliyev.

Mintaqadagi vaziyat haqida hikoya qilar ekan, Ilhom Aliyev Ozarboyjon mustahkam tinchlik ta’minlanishi tarafdori ekanini ta’kidlagan.

Armaniston bilan tinchlik ta’minlanishi uchun bu davlat konstitutsiyasidan Ozarboyjonga hududiy e’tirozlar olib tashlanishi va zarur o‘zgartirishlar kiritilishi kerak, degan Aliyev.

O‘tmish sarqiti bo‘lgan YeXHT Minsk guruhi va u bilan bog‘liq institutlar to‘liq tarqatib yuborilishi kerak, degan Ozarboyjon yetakchisi.

“Armanistonning Minsk guruhini tugatish borasidagi pozitsiyasi mutlaqo tushunarsiz. Chunki mojaro o‘tmishda qolgan ekan, Armaniston bosh vaziri Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan ekan, o‘tmish sarqiti bo‘lgan Minsk guruhini saqlab turishga qanday ehtiyoj bor?!» — deya savol qo‘ygan Aliyev.

Aliyevga ko‘ra bir qator g‘arb institutlari Ozarboyjonga nisbatan adolatsiz munosabatni namoyish etmoqda. Jumladan u Yevropa kengashi Aprlamen assambleyasining aksilozarboyjon pozitsiyasi mamlakatning hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligini ta’kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: