Kir Starmer Britaniyani og‘ir iqtisodiy kelajak kutayotganidan ogohlantirdi

Jahon 22:28 / 27.08.2024 4262

Buyuk Britaniyada 30 oktyabr kuni qabul qilinadigan davlat budjeti jamiyat uchun «og‘riqli» bo‘ladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Kir Starmer Dauning-stritda joylashgan qarorgohidagi chiqishi davomida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, qirollikdagi iqtisodiy vaziyat «tasavvur qilganidan ancha yomon» va u «yaxshilanishidan oldin yanada yomonlashadi».

«Dastlabki bir necha hafta davomida biz davlat budjetida 22 milliard funt sterlingli «teshikni» topdik va kimdir «Voy, bu shunchaki ko‘zbo‘yamachilik yoki siyosiy o‘yinlar», deyishidan oldin, keling, Budjet mas’uliyati byurosi bundan bexabar bo‘lganini aytib o‘tamiz… Oldingi hokimiyat buni yashirib kelgani sabab ular buni bilmagan», — deydi Starmer.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, u soliqlarni oshirmaslik (sog‘liqni saqlash milliy tizimi bo‘yicha stavka, QQS va daromad solig‘i) bo‘yicha saylovoldi va’dasida turadi va budjet loyihasida ushbu soliqlarni oshirish ko‘zda tutilmagan.

Kir Starmer barcha o‘z qilmishi uchun javob beradigan vaqt kelganini aytdi. U o‘z navbatida Britaniya ko‘l va daryolarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ygan suv ta’minoti operatorlariga qo‘llangan jarimalar va Sautportda uch nafar o‘smirning o‘limidan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar ishtirokchilarini eslab o‘tgan. Stramerning qo‘shimcha qilishicha, qamoqxonalarda joy qolmagani sabab ayrim mahbuslarning muddatidan oldin ozod etilishi — favqulodda majburiy chora.

«Ular qamoqxonalarimizni qay ahvolga solganidan xabar topganimda qanchalik hayratga tushganimni tasvirlab bera olmayman. Men shanba kungacha qamoqxona qura olmayman», — deydi Britaniya bosh vaziri.

Ko‘proq yangiliklar: