Britaniya kengashining O‘zbekiston bilan o‘rta va oliy ta’lim sohalarida hamda san’at va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.
"Biz 2-4 oktyabr kunlari O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilishini olqishlaymiz. Shuningdek, Britaniya kengashi tomonidan ushbu tadbirni yuqori darajada tashkil etilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ma’lum qilamiz", - dedi u.
Uchrashuv yakunida Britaniya kengashining O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytirish va xorijiy tomonning shu yil 15-17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.