DXX kubogi yakunlandi. G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi - fotojamlanma

Sport 10:05 / 25.08.2024 9156

«Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi» shiori ostida o‘tkazilgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari yakunlandi.

Futbol bo‘yicha hal qiluvchi bahsda Qashqadaryo viloyatining «Arabxona» jamoasi Toshkent viloyatidan «Oq ovul»ni birinchi bo‘limda kiritilgan yagona gol evaziga mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, uchala yo‘nalishda ham bosh sovrin Qashqadaryo vakillariga nasib etdi.

Unda o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Yangi avlod» /Qashqadaryo viloyati.
2-o‘rin. «Dambog‘» /Namangan viloyati.
3-o‘rin. «Jo‘rabod» /Buxoro viloyati.

Qiz bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Qarshi» /Qashqadaryo viloyati.
2-o‘rin. «Chinoz» /Toshkent viloyati.
3-o‘rin. «Arnasoy-W» /Jizzax viloyati.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. «Arabxona» /Qashqadaryo viloyati.
2-o‘rin. «Oq ovul» /Toshkent viloyati.
3-o‘rin. «Poloson» /Andijon viloyati.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
«Eng yaxshi o‘yinchi» – Turniyozov Ma’ruf /Qashqadaryo viloyati.
«Eng yaxshi to‘purar» – Qaxarov Abdurashid /Namangan viloyati.
«Eng yaxshi darvozabon» – Rashidov Behruzjon /Buxoro viloyati.

Qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
«Eng yaxshi o‘yinchi» – Anarbayeva Sabrina /Jizzax viloyati.  
«Eng yaxshi to‘purar» – Mahmudova Diyora /Toshkent viloyati.
«Eng yaxshi darvozabon» – Ergasheva Sarvinoz/ Qashqadaryo viloyati.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:
«Eng yaxshi o‘yinchi» – Shohnazarov Qahramon Qashqadaryo viloyati.
«Eng yaxshi to‘purar» – Habibullayev Hikmatilla /Toshkent viloyati. «Eng yaxshi darvozabon» – Madaminov Shahzod /Toshkent shahri. 

Respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari barcha g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, sport kiyimlari va noutbuk topshirildi.

Hasan Yusupov olgan suratlar.

Ko‘proq yangiliklar: