Qutb muzliklarining erishi oqibatida dunyo okeani sathining ko‘tarilishi haqidagi eng yomon bashoratlardan biri juda dargumon, biroq Grenlandiya va Antarktida muzliklarining tezkor erib borishi dahshatli bo‘lib qolmoqda.
Yangi tadqiqot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruhi (IO‘HG) hisobotidagi xavotirli bashoratni shubha ostiga qo‘yadi. IO‘HG hisobotida qayd etilishicha, janubiy qit’a muz qatlamining yemirilishi global dengiz sathidagi Antarktida hissasi 2100 yilga borib, boshqa modellarga qaraganda ikki baravar va 2300 yilga borib, uch baravar oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
IO‘HG ushbu prognozni «ehtimoli past» deb baholagan bo‘lsa-da, global dengiz sathining 50 futga ko‘tarilishi ehtimoli baribir mavjud. Bunda Florida yarimoroli suv ostida qolishi mumkin.
Olimlar yangi tadqiqotda Antarktidaning 75 mil kenglikdagi Tueyts muzligi erishini modellashtirishdi. Uning erishi tezlashgani va global dengiz sathini ikki futdan ko‘proqqa oshirish xavfi tufayli «Qiyomat muzligi» deb nomlangan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Tueyts bu asrda butunlay erib ketishi dargumon.
Dartmut professori Matyo Morligemning ta’kidlashicha, natijalar IO‘HG hisobotiga kiritilgan bashoratlarni noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi.
«Biz Antarktida xavfsiz va dengiz sathining ko‘tarilishi davom etmaydi, deb aytmayapmiz - bizning barcha prognozlarimiz muzning tez erishini ko‘rsatmoqda. Ammo qirg‘oqbo‘yi rejalashtirish uchun yuqori darajadagi prognozlar muhim va biz ular to‘g‘ri bo‘lishini istaymiz. Biz bilamizki, bu ekstremal prognoz XXI asrda ehtimoldan yiroq», dedi Dartmut professori Matyo Morligem.
Tadqiqotchilar asosiy e’tiborni Tueyts muzligiga qaratdi, chunki uning yemirilishi davom etar ekan, qulash uchun ayniqsa zaif ekani aniqlandi. Tadqiqotchilar Tueytsning ehtimoliy qulashidan keyin 100 yil davomida yemirilishini simulyatsiya qilishdi va IO‘HG tomonidan bashorat qilinganidek erib ketmasligini aniqladi.