Ispaniyada 2024 yil yakuni bo‘yicha zaytun yog‘ini ishlab chiqarish 50 foizga kamayishi kutilmoqda. Mamlakat ushbu mahsulotning dunyodagi eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Hosil bo‘lgan taqchillik oqibatida do‘konlar peshtaxtalarida qalbaki mahsulotlar paydo bo‘lishni boshladi. Bundan tashqari, narxlar sezilarli darajada oshdi.
Ispaniyalik fermerlarning fikricha, supermarket tarmoqlari iste’molchilar hisobidan foydani oshirish uchun vaziyatdan foydalanib qolmoqda.
“Mahsulotimizning boshlang‘ich narxi bor-yo‘g‘i 3 foizga oshdi. Ammo iste’molchilar yirik supermarketlardagi xaridga 59 foiz ko‘proq pul to‘layapti”, — deydi La Unió fermerlar uyushmasi bosh kotibi Karles Paris Ramos.
Supermarketlar buni inkor etyapti.
“Virgin zaytun yog‘ining narxi butun 2024 yil davomida o‘n yevrodan past bo‘ldi”, — deydi Valensiya supermarketlar uyushmasi direktori Pedro Reyg.
1 iyul kuni Ispaniya hukumati zaytun yog‘i uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘liq bekor qildi, ammo iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar narxlar baribir pasaymaganini ta’kidladi.
2021 yildan buyon mamlakatda zaytun yog‘i narxi uch barobarga oshgan.