Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 400 ga yaqin kishi va tashkilotlarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Mamlakat Moliya vazirligining 23 avgust, juma kuni e’lon qilingan press-relizida ma’lum qilinishicha, sanksiya qo‘yilgan kompaniyalar va jismoniy shaxslar Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda va uni Ukrainaga qarshi urushda foydalanilgan tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda yordam bermoqda.
Boshqalar qatorida, Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovning o‘g‘li va kelini, Moskva zargarlik zavodi, Volga-Dnepr aviakompaniyasi, AirBridgeCargo, «Norilsk Avia», Magnitogorsk temir-po‘lat zavodi, shuningdek suyultirilgan gazni tashish uchun kemalar sanksiya ostida qoldi.
YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari 14-paketi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan harbiy hujumiga javoban Rossiya Federatsiyasiga qarshi 14-sanksiya paketi 24 iyun kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan nihoyat tasdiqlandi. U, xususan, Rossiyaning suyultirilgan gaz sanoatiga qarshi choralar va Yevropa kompaniyalarining uchinchi mamlakatlardagi shu’ba korxonalari tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tishni o‘z ichiga oladi. Rossiya Federatsiyasining 116 jismoniy va yuridik shaxslari ham cheklovlarga duch keldi.
«Rossiya SWIFT'i» deb ataladigan tizim ham sanksiyalarga duchor bo‘ldi: Markaziy bank tomonidan yaratilgan moliyaviy xabarlarni uzatish tizimi ("SPFS"), u orqali Rossiya bilan ba’zi operatsiyalar amalga oshirilgandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshida "SPFS" 556 rus va xorijiy foydalanuvchilarga ega edi. Ulardan 159 tasi 20 ta xorijiy davlatdan, shu jumladan 58 tasi bankdir. Bloomberg xabar berishicha, ular orasida Xitoy, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qozog‘iston banklari bor.