Chikagoda minglab kishilar Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi

Jahon 14:23 / 21.08.2024 2573

Kuni kecha to‘rt kunlik Demokratik partiya milliy qurultoyi boshlangan Chikagoda Falastin tarafdori bo‘lgan minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi.

Ko‘p sonli taniqli demokrat siyosatchilar, jumladan, AQSh prezidenti Jo Bayden nutq so‘zlagan qurultoy Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun minglab odamlarning mitingi bilan birga kechdi.

Namoyishchilar «G‘azo sektoridagi genotsidni to‘xtatishni» talab qilib, AQShning Isroilga keyingi harbiy yordamiga qarshi chiqdi.

Namoyish 270 dan ortiq Falastin tarafdorlari va turli ijtimoiy talablarni ilgari suruvchi nohukumat tashkilotlar a’zolari tomonidan mart oyida tuzilgan March on the DNC birlashmasi tomonidan tashkil etilgan.

Bir guruh namoyishchilar Demokratik partiyaning milliy qurultoyi o‘tkazilayotgan bino yonida to‘planib, AQSh prezidenti Bayden va vitse-prezident Kamala Harris e’tiborini G‘azo sektoridagi vaziyatga qaratish uchun marsh uyushtirdi. 

Falastin tarafdorlarining yurishi Amerika ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, ishtirokchilar «G‘azo sektorida genotsidni to‘xtating», «Genotsid Jo», «Falastinga ozodlik» shiorlarini aytishdi. Bundan tashqari, namoyishchilar qo‘llariga «AQShdan Isroilga yordam yo‘q» degan yozuvli plakatlarni ushlab turishgan. 

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar AQSh prezidenti Jo Bayden kechqurun nutq so‘zlaguncha norozilik aksiyasini davom ettirgan.

Ko‘proq yangiliklar: