Yaqinroq va yorqinroq: Superoy hodisasi – dunyo fotograflari nigohida
19 avgust kuni Oy Yerga maksimal yaqinlashib, oddiy to‘lin oydan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq ko‘rindi. Ajoyib astronomik hodisa vaqtida superoy bilan uyg‘unlashgan binolar fotojamlanmasini e’tiboringizga havola qilamiz.
19 avgust kuni O‘zbekiston vaqti bilan 23:26 da astronomik hodisa – Superoy va Moviy Oy hodisalari kuzatildi.
Kamdan kam uchraydigan bunday hodisa kelasi safar 2037 yilda bo‘lishi mumkin. Superoy 3 kun davomida, yakshanba kuni kechki paytdan chorshanba tungi vaqtgacha to‘liq ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Aynan, 19 avgust tun vaqtida esa Oy Yerga maksimal yaqinlashdi va u oddiy to‘lin oydan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ldi.
Birinchi “Super-oy” atamasi 1979 yilda astrolog Richard Noll tomonidan ishlatilgan. Uning moviy atalishini esa rangga aloqasi yo‘q, “Moviy oy” – mavsumning uchinchi to‘lin oyiga berilgan nom.
Yil davomida yerga eng yaqin va yorqinroq ko‘rinadigan sayyoramizning tabiiy yo‘ldoshi birinchilardan bo‘lib fotograflarning e’tiborini tortadi. Kun.uz bahaybat Oy bilan “uyg‘unlashgan” suratlar kolleksiyasini taqdim etadi.
Kun.uz fotomuxbirining obektivida – Toshkent ramzlaridan biri teleminora va superoy










Foto: J. Devid Ake / Getty Images



Foto: Sara Diggins / American Statesman.

Foto: Sara Diggins / American Statesman.

Mavzuga oid

19:06 / 10.03.2025
Oyga yana bir xususiy kompaniya kosmik apparati qo‘ndi. Ammo missiya 24 soatga bormay yakunlandi

18:13 / 10.03.2025
Quyoshdagi uchta teshik tufayli Yerning geomagnit holati yomonlashdi

18:13 / 02.03.2025
Xususiy kompaniyaga tegishli kosmik apparat ilk bor Oyga qo‘nishni amalga oshirdi

14:06 / 27.02.2025