Mask Qodirovga Cybertruck elektromobilini sovg‘a qilmaganini aytdi
Tadbirkor Ilon Mask Checheniston rahbarining unga Mask go‘yoki sovg‘a qilgani aytilayotgan elektromobil haqidagi bayonotini rad etdi. Qodirov Grozniy bo‘ylab Cybertruck’ni haydab ketayotgani aks etgan videoni joyladi.

Foto: Telegram / RKadyrov_95
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask 19 avgust, dushanba kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga Cybertruck elektromobilini sovg‘a qilmaganini aytdi. «Siz haqiqatan ham rossiyalik generalga Cybertruck berdim, deb o‘ylaysizmi? Ajoyib. Sen OAVning eskirgan yolg‘onlari yana bir misolisan», deb yozdi Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida The New York Times jurnalisti Set Abramson postiga izoh berib.
Abramson o‘sha postda Mask «Amerika sanksiyalari ostidagi dushmanlarni harbiy xizmatga tayyor mashinalar bilan ta’minlayotgani»ni aytdi. X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari bu Tesla elektromobil kompaniyasi qoidalarini buzayotganini payqab, Cybertruck harbiy avtomobil emasligini ta’kidladi.
17 avgust kuni Qodirov o‘zining Telegram-kanalida tomga pulemet o‘rnatilgan Cybertruck’da Grozniy bo‘ylab harakatlanayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Qodirov yozganidek, u «elektromobilni hurmatli Ilon Maskdan olgan». Cybertruck «tez orada Shimoliy harbiy okrug zonasiga yuboriladi» va «askarlarimizga katta foyda keltiradi», dedi Checheniston rahbari.
Videoda u Maskni Grozniyga tashrif buyurishga taklif qilgan va uni «eng aziz mehmon sifatida» qabul qilishga va’da bergan. Tadbirkor hozircha bu taklifga javob qaytarmadi.
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

16:11 / 09.03.2025
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

18:44 / 07.03.2025