Ozarbayjon BRIKSga qo‘shilish niyatida

Jahon 23:26 / 18.08.2024 4972

Boku BRIKSga qo‘shilish niyatida. Bu haqda respublikaning Moskvadagi elchisi Po‘lat Bulbul o‘g‘liga tayanib, «TASS» xabar berdi.

«Ozarbayjon rostdan ham shu kabi niyatini bildirdi. Bu haqda rossiyalik hamkasblarimiz bilan gaplashdik», — deydi diplomat. U BRIKSga qo‘shilish muddatiga aniqlik kiritmagan.

Xalqaro guruhning navbatdagi sammiti 22-24 oktabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadi.

BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIK deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.

2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklariga to‘laqonli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilish taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinrioq Argentina BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgan.

2024 yilning iyul oxirlarida Malayziya BRIKSga raislik qilayotgan Rossiyaga guruhga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgandi. 27 iyul kuni Kuala-Lumpurga tashrif bilan kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvida Malayziyaning guruhga qo‘shilishi masalasi asosiy bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: