Janubiy Koreyaning Asan shahrida bo‘lib o‘tayotgan 19-xalqaro standartlar olimpiadasida ilk bora ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan Toshkent shahridagi Prezident maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilaridan iborat ikki guruh qatnashdi.
Musobaqa shartiga ko‘ra ishtirokchilar kreativ yondashuvlarga asoslangan yangi standart hujjatini ishlab chiqishlari talab etiladi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra katta guruh vakillari oltin va kichik guruh vakillari kumush medallariga loyiq ko‘rilgan.