Turkiyada qo‘lga olingan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Jamiyat 13:54 / 13.08.2024 15846

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024 yildan qidiruvda bo‘lgan Barno Inoyatova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. 

Istanbuldagi Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, 37 yoshli, Bonu taxallusli ayol ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbulda qo‘lga olingan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan.

Konsulxona jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishi haqida ogohlantirgan.

Shu bilan birga, Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani sababli fuqarolardan firibgarlardan ogoh bo‘lishlari so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: