Toshkent Markaziy vokzali ishi 16 avgustdan tiklanadi

Jamiyat 12:13 / 13.08.2024 2568

16 avgust sanasidan Toshkent Markaziy vokzali o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. 

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob», tezyurar «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» poyezdlari va «Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Hojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar ham 16 avgust sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: