Nigerda kuchli yog‘ingarchilik 94 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Afrikadagi mamlakatning 135 mingdan ortiq aholisi tabiiy ofatdan jabr ko‘rdi.

Foto: newscentral.africa
Nigerda iyun oyidan beri kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 94 kishiga yetdi.
Fuqaro mudofaasi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, iyun oyida boshlangan kuchli yomg‘irlardan jami 135 156 kishi zarar ko‘rgan.
Ko‘chki va suv toshqinlari tufayli minglab odamlar boshpanasiz qolgan.
Avvalroq, 6 avgust kuni tabiiy ofat oqibatida 77 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.
Nigerda yomg‘irlar mavsumi iyun oyida boshlanadi va sentabrda tugaydi. O‘tgan yili kuchli yomg‘irlar oqibatida 41 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohatlangan edi. Umuman olganda, o‘tgan yili 137 797 kishi tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan.
Mavzuga oid

13:30 / 13.01.2025
Yangi quriladigan uy-joylarga tutash hududda yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi o‘rnatiladi

15:55 / 07.01.2025
Saudiya Arabistonida yomg‘irlar tufayli Makka va Madinani suv bosdi

11:21 / 29.11.2024
Dam olish kunlari ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

14:00 / 28.10.2024