Issiq buloqlar tarkibidagi turli xil minerallar tufayli turli kasalliklarni davolashda samarali vosita hisoblanadi. Revmatologlar, dermatologlar, nevropatologlar, kardiologlar va fizioterapevtlar bu tabiiy manbani salomatlikni tiklashda maslahat beradilar.
Issiq buloqlar – noyob tabiat hodisasi
Issiq buloqlar yerning turli nuqtalarida, turli harorat va mineral tarkibga ega bo‘lib, dunyoning deyarli har bir qit’asida uchraydi. Geotermal buloqlar yer ostidagi issiqlik manbalari tufayli paydo bo‘ladi. Ular, asosan, magmatik, tektonik, gidrotermal jarayonlar natijasida yuzaga keladi.
Yer ostidagi magma yaqin joylashgan yer qa’ridagi suvlarni isitadi. Bu suvlar yuzaga chiqib, issiq buloqlarni hosil qiladi. Yana bir holatda esa yer qa’ridagi yoriqlar va tarqoqliklar suvlarning yerning chuqur qatlamlariga tushishiga imkon beradi. Bu yerdagi issiqlik suvlarni isitadi va ular qayta yuzaga chiqib, issiq buloqlar hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, yer ostidagi katta bosim va harorat tufayli suv bug‘lanib, qayta suyuqlik holatiga o‘tadi. Bu jarayonlar issiq buloqlarni paydo qiladi.
Issiq buloqlar qaysi xastaliklarda yordam beradi?
Issiq buloqlar shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lib, ular turli kasalliklarni davolashda yordam beradi. Ular tarkibida turli xil minerallar tanaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Issiq buloqlarning shifobaxsh xususiyatlari tufayli:
Revmatologlar revmatizm va artrit kabi bo‘g‘im kasalliklarini davolashda;
Dermatologlar teri kasalliklarini davolashda;
Fizioterapevtlar umurtqa va muskul og‘riqlarini davolash uchun;
Nevrologlar stress va charchoqni kamaytirishda;
Ortopedlar jarohatlar va suyak kasalliklarini tiklashda;
Kardiologlar qon aylanishini yaxshilash va umumiy holatni yaxshilash maqsadida issiq buloqlarni tavsiya qilishadi.
Geotermal buloqlarga boy mamlakatlar
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bunday buloqlar mavjud. Ular orasida:
Budapeshtdagi Széchenyi va Gellért buloqlari;
Islandiyadagi Blue Lagoon va Geysir issiq buloqlari;
Italiyadagi Saturnia issiq buloqlari;
Turkiyadagi Pamukkale (Pamukkale) termal buloqlari eng mashhur hisoblanadi
“Spa shahar” - Budapesht
Vengriya poytaxtining zamin osti hovuzlari va issiq buloqlari uni sayohatchilar uchun yanada jozibador qiladi. Budapesht "Spa shahar" sifatida tanilgan, chunki u yerda 100 dan ortiq tabiiy issiq buloqlar mavjud. Shaharda 21 ta zamin osti hovuzi bor va ularning ayrimlari rimliklar davridan boshlab ishlatilgan. Bularning eng mashhurlari — Secheni (Széchenyi), Gellert (Gellért) va Rudash (Rudas) issiq buloqlari hisoblanadi.
Yevropadagi eng mashhur turistik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Budapeshtga har yili taxminan 4-5 millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi. Bu issiq buloqlar nafaqat Budapeshtning aholisiga, balki butun dunyodan kelgan turistlarga ham xizmat qiladi.
Ayni paytda O‘zbekistondan Toshkent-Budapesht-Toshkent yo‘nalishida haftaning yakshanba kunlarida aviareyslar orqali Vengriyaga oson va xavfsiz yetib olish mumkin. Parvozlar Qanot Sharq aviakompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Kompaniya qulay narxlarda aviachiptalarni taqdim etadi.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−227−93−07. (+998) 71-227-57-71
Sayt: qanotsharq.com
Instagram: @qanotsharq
Telegram: t.me/qanotsharq