Filippinda tropik bo‘ronlar qurbonlari soni 48 kishiga yetdi
36 mingga yaqin odam evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.

Foto: Jam Sta Rosa/AFP/Getty Images
Filippinda «Butchoy» va «Karina» tropik bo‘ronlari oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 48 kishiga yetdi.
Filippinning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashiga tayangan PNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tropik bo‘ronlardan 6,2 million kishi jabr ko‘rdi va ular jami 8574 ta binoga zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, 36 mingga yaqin odam evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.
Iyul oyida Filippinda sodir bo‘lgan tropik siklonlar mamlakat bo‘ylab haddan tashqari yog‘ingarchilik, suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi.
118 viloyat va tumanda «favqulodda holat» e’lon qilingan.
Mavzuga oid

20:09 / 20.02.2025
Filippinda o‘ldirilgan chivinlar uchun pul to‘lash boshlandi

16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi

20:28 / 23.11.2024