Dunyodagi eng yirik aysberg okean tuzog‘iga tushib qoldi

Jahon 21:08 / 04.08.2024 27046

Dunyodagi eng yirik A23a aysbergi bilan kutilmagan holat yuz berdi. Mana bir necha oydirku u Antarktida shimolidagi joyida aylanmoqda, aslida esa ulkan muz bo‘lagi eng kuchli okean oqimi orqali harakatlanishi kerak edi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, maydoni bo‘yicha Katta Londondan ikki barobar katta muz bo‘lagi aylanuvchi ulkan suv silindriga tushib qolgan. Okeanologlar mazkur holatni «Teylor ustuni» deb ataydi va A23a yana bir necha yil ushbu «asirlikdan» qutula olmasligi mumkin.

«Odatda aysberglarga vaqtga bog‘liq obektlar sifatida qaraymiz: ular parchalanib, erib ketadi. Ammo bunisi emas. A23a — bu yo‘qolib ketishni istamayotgan aysbergdir», — deydi professor Mark Brendon.

Aysberg Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib chiqqan, biroq ko‘p o‘tmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». O‘ttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turdi, joyidan qimirlamadi. 2020 yilga kelib u yana harakatlanishni boshladi. Aprel boshlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qoldi — bu Yer yuzidagi barcha daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar ko‘proq suvni aylantiradigan ulkan kuch hisoblanadi.

Natijada og‘irligi trillion tonnaga yaqin bo‘lgan aysberg Janubiy Atlantikaga suzib borishi kerak edi. Buning o‘rniga A23a bir joyda qotib qoldi. U Janubiy Orkney orollari shimolida qolib, kuniga soat strelkasiga qarshi taxminan 15 darajaga burilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: