Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Okeanlar yuzasi 40 yil oldingiga qaraganda to‘rt baravar tezroq isimoqda
Dunyo okeani haroratining keskin ko‘tarilishi butun ekotizimga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: AP/REX/Shutterstock
Dunyo okeani yuzasi 1980 yillar oxiridagiga qaraganda to‘rt barobar tezroq isiyapti, degan xulosaga keldi Reding universiteti olimlari. Bloomberg xabar berishicha, bu 2023 va 2024 yillarda kuzatilgan ekstremal haroratga izoh bo‘la oladi.
Tadqiqot muallifi Kristofer Merchantning ta’kidlashicha, dunyo okeani haroratining keskin ko‘tarilishi butun ekotizimga — marjon qoyalardan tortib baliq ovlashgacha halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, okeanlarning isishi tez-tez sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar — bo‘ronlar, dovullar, toshqinlar va o‘rmon yong‘inlarining asosiy sababi hisoblanadi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, yaqin 20 yil ichida okeanlar harorati oldingi 40 yilga nisbatan yanada kuchliroq ko‘tariladi.
Xususan, 2023 yilda dunyo okeani harorati 1981—2010 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 0,6 gradusga oshdi. 2024 yilda esa, quruqlikdagi hududlar tezroq isishi tufayli, o‘rtacha global harorat yanada yuqoriroq bo‘ldi.
Haroratning keskin ko‘tarilishiga sabablardan biri El-Nino hodisasi bo‘lsa, bu jarayonda inson omili ham muhim o‘rin tutmoqda, deb ta’kidlaydi olimlar.
“Tadqiqot global isishning tezlashishi va qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanish o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni yana bir bor tasdiqlaydi”, — deydi Braun universiteti huzuridagi Atrof-muhit va jamiyat instituti direktori Kim Kobb.
Olimlar dengiz yuzasi harorati va Yerning energetik muvozanatini tahlil qildi. Natijada, okeanlar harorati har o‘n yilda 0,27 gradus tezlik bilan ko‘tarilayotgani aniqlandi, holbuki 40 yil oldin bu ko‘rsatkich 0,06 gradusni tashkil etgan. Olimlar buni issiqxona gazlari miqdorining ortishi va muzlarning tezroq erishi bilan bog‘lamoqda.
Tadqiqot mualliflari qazib olinadigan yoqilg‘idan imkon qadar tezroq voz kechishga va karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

23:03 / 08.07.2025
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz

08:04 / 11.06.2025
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda

10:30 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda iqlim muzeyi tashkil etiladi

09:21 / 28.05.2025