Harbiy harakatlar paytida halok bo‘lgan 250 nafar harbiy xizmatchining jasadi Ukrainaga qaytarildi, deb xabar bermoqda Harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab matbuot xizmati.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar jasadi qator davlat idoralarining o‘zaro hamkorligi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ko‘magi tufayli qaytarilgan.
Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari repatriatsiya qilingan jasadlar va qoldiqlarni ayrim davlat muassasalariga olib boradi. Huquq-tartibot idoralari vakillari, sud-tibbiyot ekspertlari halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlaydi, shundan so‘ng ular oila a’zolariga topshiriladi.