Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Yusupov – bronza medali sohibi
Parij olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 3-medal ham dzyudochilar jamoasi tomonidan olib kelindi.

Foto: olympic.uz
O‘zbekiston dzyudo jamoasining +100 kg vazn toifasidagi vakili Alisher Yusupov Parij olimpiadasida bronza medal uchun tatamiga chiqdi.
U ushbu vazn toifasi favoritlaridan bo‘lgan yaponiyalik Tatsuru Saitoni ippon bahosi bilan mag‘lub etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Yusupov turnirdagi ishtirokini nimchorakfinalda slovakiyalik Marius Fizel ustidan g‘alaba qozonish bilan boshlagandi. Ammo chorakfinalda tojikistonlik Timur Rahimov bilan bellashuvda ortiqcha shido tufayli mag‘lub bo‘ldi hamda bronza uchun o‘tish bahslarida qatnashadigan bo‘ldi.
O‘z navbatida, bu bosqichda unga raqiblik qilishi kerak bo‘lgan gurjistonlik Guram Tushishvili diskvalifikatsiyaga uchragani tufayli, Yusupov avtomatik ravishda bronza uchun bahsga o‘tgandi.
Uning medali O‘zbekiston dzyudochilari jamoasining Parijdagi turnirda qo‘lga kirigan uchinchi medali bo‘ldi. Bungacha Diyora Keldiyorova o‘z vazn toifasida chempion bo‘lgan, Muzaffarbek To‘raboyev esa bronzaga ega chiqqandi. E’tiborli jihati, dzyudochilar shu vaqtgacha olimpiadalarda biror marta uchta medal olishmagandi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli dzyudochi so‘nggi ikki jahon chempionatida 3-o‘rnini egallagandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
-
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi
Jahon | 22:37 / 13.07.2025
Mavzuga oid

19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi

18:15 / 13.09.2024