Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
O‘zbekiston ilk bor o‘tkazilgan yirik xalqaro musobaqada 400 ga yaqin harbiy sportchilar va delegatsiyalar qatnashdi. Unda O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
16-18 oktyabr kunlari Toshkentda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uzʼga xabar berdi.
O‘zbekistonda ilk bor tashkil qilingan yirik musobaqa – Mudofaa vazirligi, sport, madaniyat va tashqi ishlar vazirliklari hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligida o‘tkazildi. Unda 30 ta mamlakatdan 400 ga yaqin harbiy sportchilar va delegatsiyalar qatnashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yakuniy natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Ayollar o‘rtasida:
- O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;
- Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;
- Italiya va Mo‘g‘uliston jamoalari — 3-o‘rin.
Erkaklar o‘rtasida:
- Mo‘g‘uliston jamoasi — 1-o‘rin;
- O‘zbekiston jamoasi — 2-o‘rin;
- Eron va Qozog‘iston jamoalari — 3-o‘rin.
Medallar to‘plami bo‘yicha:
- O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;
- Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;
- Mo‘g‘uliston jamoasi — 3-o‘rin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:22 / 14.07.2025
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda

17:47 / 30.05.2025
Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi

15:15 / 17.05.2025
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi

14:23 / 17.05.2025