Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
O‘zbekiston prezidenti Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni qabul qildi. Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev federatsiya rahbariga yuksak mukofot - «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni «Katta dubulg‘a» xalqaro turniri doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol ishtirok etmoqda. 2022 yilda mamlakatimizda kattalar o‘rtasida jahon chempionati, o‘tgan yili harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon birinchiligi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida ilk bor dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Federatsiya rahbari Marius Vizer mamlakatda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sportning barcha turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar, ayniqsa, qizlarni keng jalb etish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda sportchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashda federatsiyaning texnik ko‘magi va ekspert yordamini kengaytirish, iqtidorlarni saralashning samarali mexanizmini joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, mamlakat hududlarida dzyudo bo‘yicha xalqaro musobaqalarni muntazam o‘tkazib borish taklifi bildirildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston prezidenti milliy dzyudo maktabini rivojlantirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerga yuksak mukofot — «Do‘stlik» ordenini topshirdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi

16:28 / 09.07.2025