Ismoil Haniya Qatarda dafn etildi, Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarda motam marosimi o‘tkazildi
HAMAS Siyosiy byurosi raisiga Doha shahrida janoza o‘qilib, dafn etildi.

Foto: Mehmet Ali Ozcan/Anadolu/Getty Images
Qatar poytaxtida Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. U Doha chekkasida joylashgan Lusayl qabristoniga dafn etildi.
Avvalroq siyosatchining tobuti Qatarning Buyuk Davlat masjidiga qo‘yilgan edi. U yerda janoza namozi o‘qildi. Dafn marosimi minglab odamlarni jalb qildi.
Marosimda Qatar amiri, bosh vazir, Eron prezidentining birinchi o‘rinbosari, Turkiya tashqi ishlar vaziri va boshqa yuqori martabali amaldorlar ishtirok etdi. Motam marosimida HAMAS rahbariyati a’zolari, jumladan, marhumning ehtimoliy vorisi deb atalgan Xolid Mishal ham ishtirok etdi.



Haniya so‘nggi yillarda HAMAS harakatining siyosiy idorasi joylashgan Qatar poytaxtida yashab kelgan.
Motam marosimlari Indoneziya, Livan, Malayziya, Pokiston, Turkiya va Yamandagi husiylar nazoratidagi hududlarda ham bo‘lib o‘tdi. Marosimdan bir kun oldin xayrlashuv marosimi Tehronda bo‘lib o‘tgan edi.
31 iyul kuni Falastinning HAMAS harakati o‘z Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya vafot etganini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Haniya Tehronda bo‘lgan paytida portlovchi qurilma ishga tushirilishi oqibatida halok bo‘lgan. HAMAS Haniyaning o‘limi uchun qasos olishga va’da berdi. Haniyaning Eronda o‘ldirilishi Tehron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishiga olib keldi.
Mavzuga oid

14:27 / 09.03.2025
Foto: Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

17:53 / 22.02.2025
HAMAS Isroil bilan kelishuvning birinchi bosqichi shartlarini bajardi

17:21 / 20.02.2025