Ookla® tahliliga ko‘ra O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet Ucell'da ekani e’tirof etildi

Jamiyat 19:17 / 01.08.2024 5089

O‘rtacha yuklab olish tezligi 43,91 Mbit/s, yuklash tezligi esa 13,32 Mbit/s ni tashkil etdi, bu esa kompaniyaga 70,30 ga teng bo‘lgan Speed Score ™ to‘plash imkoniyatini berdi.

Ookla® O‘zbekistondagi eng tezkor internetni aniqlash maqsadida Speedtest ilovasida joriy etilgan 500 mingdan ortiq test natijalarini taqqosladi. Natijalar Ucell’ning ushbu reytingdagi yetakchi mavqeini so‘zsiz tasdiqlaydi, deyiladi kompaniya press-relizida.

Ookla prezidenti va bosh direktori Stiven Bay, Ziff Davis bo‘linmalari ham Ucell’ga o‘z tabrigini yo‘lladi:

“Ucell kompaniyasi 2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistondagi eng tezkor mobil tarmoq sifatida Speedtest mukofotiga sazovor bo‘lganini faxr bilan ta’kidlaymiz. Ushbu mukofot ularning Ookla metodologiyasi tomonidan tasdiqlangan sohadagi yetakchilik fazilatlaridan dalolat beradi. Tabriklaymiz, Ucell!”. 

G‘alaba Ucell kompaniyasining jadal o‘sish sur’atlarini aks ettiradi va aloqa sifatining eng yuqori standartlarini yaratish ustuvorligiga amal qiladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 9 milliondan ortiq abonentlar aynan ushbu telekom operatorini afzal ko‘rishmoqda. Kompaniya yirik shaharlar va sayyohlik markazlarida beshinchi avlod 5G mobil qamrov zonalarini doimiy ravishda kengaytirmoqda. 

Yuqori tezlikdagi 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, ular yuqori sifatli ovozli va video aloqa, shuningdek, internetning ishonchli ishlashini ta’minlaydi.

“Mobil internet sanoatni rivojlantirishning asosiy omilidir. Ucell abonentlar xalqaro darajadagi xizmatni olishlari uchun tarmoqni rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda. Biz texnologik ustunlikni yaratmoqdamiz va Ookla so‘nggi ma’lumotlari Ucell to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganidan dalolat beradi”, - deya izoh berdi Ucell Bosh direktori Andrey Shishkovskiy.

Ookla® kompaniyasining Speedtest®Global Index ma’lumotlariga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha o‘nlab dunyo yetakchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Qatar, BAA, Quvayt, Norvegiya, Daniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Niderlandiya va Bahrayn.

O‘zbekiston 77-o‘rinni egallaydi: 2023-yilda O‘zbekiston 107-o‘rinni egallagan holatga qaraganda taraqqiyot yanada yuqori darajaga ko‘tarilgani sezilib turadi. 

Raqamli texnologiyalar vazirligining qo‘shgan katta hissasi, mamlakat uyali aloqa operatorlari va eng yirik operator Ucell tomonidan amalga oshirilayotgan tarmoqlar modernizatsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari O‘zbekistonga jahon reytingida 30-o‘rinni egallashga imkoniyat yaratdi.

Uyali aloqa operatorlarining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Ookla® tomonidan 2024-yilning 1-2-choragi uchun Speedtest Intelligence® ma’lumotlari tahliliga asoslangan. Ookla savdo belgilari litsenziya asosida qo‘llaniladi va muallifning ruxsati bilan qayta nashr etiladi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: