Davlat dumasi Rossiyada mayningni tartibga solish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Jahon 07:37 / 31.07.2024 1782

Rossiya Davlat dumasi ikkinchi va uchinchi - yakuniy o‘qishlarda mamlakatda kriptovaluta olish faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Bu haqda 30 iyul, seshanba kuni parlament quyi palatasi saytida ma’lum qilindi. 

«Biz kriptovalutalarni sanksiyalarni chetlab o‘tish vositasi va yuqori texnologiyali eksport nuqtasi sifatida ko‘ramiz», dedi qonun loyihasi hammuallifi Anton Gorelkin. U Rossiya mayning hajmi bo‘yicha AQShdan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda ekanligini ta’kidladi. 

Raqamli valutani mayningi bilan shug‘ullanadigan jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘yiladigan talablar endi Rossiya banki bilan kelishilgan holda Rossiya hukumati tomonidan belgilanadi. Raqamli rivojlanish vazirligi ushbu talablarning bajarilishini nazorat qiladi. Faqatgina tegishli reyestrga kiritilgan Rossiya yuridik shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar mayning uchun huquq oladi. 

Mayning reklamasini taqiqlash 

Qonun loyihasi, shuningdek, Davlat dumasi veb-saytiga ko‘ra, «odamlarni jalb qiladigan firibgarlik sxemalarining o‘sishi bilan bog‘liq» mayning reklamasini taqiqlashni taklif qiladi. Bundan tashqari, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar va turli og‘irlikdagi boshqa jinoyatlar uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslarga ham mayning faoliyati taqiqlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: