Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diyora Keldiyorova olimpiada finaliga chiqdi
U yarimfinalda fransiyalik Amandin Byusharni ham mag‘lub etdi va O‘zbekiston uchun ilk medalni naqd qildi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi.
-52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan dzyudochi Diyora Keldiyorova yarimfinalda mezbonlar vakili, Tokio Olimpiadasi finalchisi, uch karra Yevropa chempioni Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Endi u oltin uchun Tokio Olimpiadasi g‘olibi (-48 kg vaznda), kosovolik Distria Krasnichiga qarshi gilamga chiqadi. Kosovolik sportchi yarimfinalda Olimpiada o‘yinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Jyuffridani mag‘lub etdi.
Keldiyorova hozirning o‘zida tarix yozdi va kamida kumush medalni naqd qilgan holda yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija qayd etgan o‘zbekistonlik ayol bo‘ldi.
Bungacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Hilko bronza medal qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi.
- Avvalroq, 26 yoshli o‘zbekistonlik dzyudochi nimchorakfinaldayoq yaponiyalik amaldagi Olimpiada chempioni Ute Abening 5 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berib, uni turnirdan chiqarib yuborgan, chorakfinalda germaniyalik Masha Ballhausni mag‘lub etgandi.
- Ma’lumot uchun, Keldiyorova Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etib, dastlabki bosqichda turnirni tark etgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
Mavzuga oid

19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi

13:43 / 19.10.2024