IT sohasini o‘rganishga astoydil kirishishdi: mingdan ortiq kishi bepul IT ta’lim maktabi - School 21’ning saralash bosqichida ishtirok etdi

O‘zbekiston 16:41 / 27.07.2024 4614

School 21 - bu raqamli texnologiyalar maktabi bo‘lib, O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarning 18 yoshdan oshgan aholisiga IT sohasida talab yuqori bo‘lgan kasbni bepul egallash imkoniyatini beradi. Bu yerda siz 9 ta dasturlash tilini va IT sohasidagi eng mashhur yo‘nalishlarni o‘rganishingiz mumkin.

Asosiy ta’limga kirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Birinchidan, ishtirokchi maktab veb-saytida ariza topshiradi, xotira va mantiq bo‘yicha ikkita onlayn o‘yinlardan, oxirida saralash intensividan o‘tadi. Ushbu bosqich ishtirokchilarni IT sohasiga shunchalik tez tortadiki, shu sababli u “basseyn” deb ataladi. Ishtirokchilar, tom ma’noda, dasturlash dunyosiga sho‘ng‘iydilar. Tanlov jarayonida ishtirokchilar 26 kun davomida noldan kod yozadilar, o‘yin yaratadilar va jamoaviy hamda individual loyihalarni amalga oshiradilar. Ishtirokchilarning 50% dan ortig‘i uchun maktabda o‘qish ularning birinchi dasturlash tajribasidir.

“Basseyn” ishtirokchilari “peyer-to-peyer” usulida o‘zaro muloqot qilish orqali bilim va tajriba almashadilar. Ular bir-birlarining ishlarini tekshiradilar va izohlaydilar, bu esa xatolarni aniqlash va eng yaxshi yechimlarni topishga yordam beradi. Ushbu yondashuv nafaqat yangi ko‘nikmalarni egallashga, balki tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash qobiliyati singari yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham yordam beradi.

Sherzod Ernazarov, 28 yosh, saralash bosqichi ishtirokchisi:

“Men har doim dasturchi bo‘lishni xohlardim, lekin vaziyat ko‘pincha to‘sqinlik qilardi. School 21'da esa barcha shart-sharoitlar mavjud, shuning uchun o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim. Bu yerda o‘qish oson emas. Men dastlabki ikkita imtihondan o‘ta olmadim, ammo uchinchisidan o‘tishga muvaffaq bo‘ldim. Bunga ta’limga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashganligim va boshqa ishtirokchilar bilan o‘zaro muloqot qilganligim yordam berdi.

Menga, ayniqsa, maktabdagi o‘qitish metodologiyasi yoqadi. Bu yerda siz tayyor javoblarni topa olmaysiz, shuning uchun kerakli ma’lumotlarni izlashni va e’tiborli bo‘lishni o‘rganishingiz kerak. Bularning barchasi bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘qituvchi sifatida bilamanki, agar talabalar o‘zlari izlash va tushunishga harakat qilsalar, ma’lumotni yaxshiroq eslab qolishadi”.

Samarqanddagi raqamli texnologiyalar maktabi – School 21 2023 yil dekabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, shu vaqt mobaynida 1054 kishi saralash bosqichi ishtirokchilari bo‘lgan. Ularning o‘rtacha yoshi 23 yosh, 18 foizini esa qizlar tashkil etadi. Eng katta ishtirokchi – 51 yoshda.

Anora Ahrorqulova, 42 yosh, saralash bosqichi ishtirokchisi:

“So‘nggi 13 yil davomida men mustaqil dizayner bo‘lib ishladim. Bir necha sabablarga ko‘ra o‘zimni IT sohasida sinab ko‘rishga qaror qildim. Birinchidan, bu mening ijodiy ehtiyojlarimni qondiradigan dasturlarni mustaqil ravishda yozish istagi. Ikkinchidan, men zamon bilan hamnafas bo‘lishni xohlayman: hozir raqamlashtirish davri va ayniqsa, IT mutaxassislariga talab yuqori. 

School 21'da o‘qish men uchun juda qiyin bo‘ldi. O‘zlashtirilishi tavsiya etilgan materiallar miqdori uchun 26 kun yetarli emas edi. O‘qish yetarlicha intensiv. Moslashish va tushunishni boshlashim uchun taxminan ikki hafta vaqt kerak bo‘ldi, chunki ilgari IT sohasida tajribam yo‘q edi. Umid qilamanki, saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, asosiy ta’limga o‘taman”.

Saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagandan so‘ng ishtirokchilar 1,5–3 yil ichida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali IT muhandislari, dasturchilar, ML muhandislari, dasturlash bo‘yicha muhandislar, IT bo‘yicha loyiha menejerlari, tahlilchilar, Junior va Middle dasturchilari darajasigacha etadigan asosiy ta’limga o‘tadilar. Bunday natijalarga maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, masalan, ishtirokchilar o‘qish paytida bir-birlaridan o‘rganadigan, o‘quv jarayonini geymifikatsiya qiladigan, amaliyotga katta e’tibor beriladigan hamda moslashuvchan jadvallarga ega “tengdosh tengdoshga” o‘qitish metodikasi orqali erishish mumkin. Shuningdek, maktabning ta’lim dasturi majburiy uch oylik haq to‘lanadigan tajriba amaliyotini o‘z ichiga oladi.

Maksim Nikolin, 34 yosh, asosiy mashg‘ulot ishtirokchisi:

“IT sohasida tajribam borligiga qaramay, saralash bosqichi men uchun qiyin bo‘ldi, chunki u C tili asosida edi. Biroq, saralash bosqichi davomida “peyer-to-peyer” o‘qitish metodikasi yordam berishini angladim, menga ta’lim formati va atmosferasi yoqadi. Menga asosiy ta’limga borishni taklif qilishganda, uzoq vaqt o‘ylab o‘tirmay darrov rozi bo‘ldim. Asosiy ta’limga o‘tgandan so‘ng, butun vaqtimni o‘quv loyihalariga bag‘ishlashimni tushundim. Bu oson kechmadi, har bir loyihao‘ziga xos tarzda murakkab va ko‘p vaqt talab etadi. Men jamoaviy loyihalarda ishlash va “Git”, “DevOps”ni o‘rganishda qimmatli tajribaga ega bo‘ldim. Hozir o‘z rezyumeimni tayyorlashni, o‘qish davomida amaliyot o‘tashni boshlashim mumkin bo‘lgan kompaniyalarni o‘rganishni boshladim". 

School 21 – bu talab yuqori bo‘lgan kasbni bepul egallash va o‘z a’zolarini qo‘llab-quvvatlaydigan va rivojlantiradigan jamoaning bir qismi bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Navbatdagi saralash bosqichlari sanalari:

Toshkent – 26 avgust kuni, arizalar 21 avgustga qadar qabul qilinadi.

Samarqand – 30 sentabr kuni, arizalar 24 sentabrgacha qabul qilinadi.

O‘qish uchun 21-school.uz havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Samarqand: 

E-mail: samarkand@21-school.uz 

Telefon: +998(93)039-44-42

Manzil: Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17a uy.

Toshkent:

E-mail: tashkent@21-school.uz 

Telefon: +998(93)039-44-47

Manzil: Toshkent, Ziyolilar ko‘chasi, 13 uy.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: