Qashqadaryoda 24 yoshli erkak avval xotini va qizini o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qildi

O‘zbekiston 16:28 7115

24 noyabr kuni Kitob tumanida yashagan erkak turmush o‘rtog‘i hamda qizini qasddan o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

O‘z joniga qasd qilgan erkak ham vafot etgan. Marhum gumonlanuvchi 2006 yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: